Fransiyaning milliy bayrami kuni fransiyaliklar uchun musibatli keldi: Nitstsada terakt, Parijda yong‘in

Jahon 07:28 / 15.07.2016 23720

14 iyulda Fransiyaning milliy bayrami sifatida nishonlanadigan Bastiliyaning olinishi kuni mamlakat tarixida eng musibatli kunlardan biri sifatida esda qolsa kerak. Shu kuni Nitstsada yuk mashinasi ko‘chada bayramni nishonlash uchun to‘plangan odamlarning ustidan bosib ketgan. Oqibatda kamida 80 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 120 dan ko‘proq odam jarohat olgan.  

Parijda esa bayram munosabati bilan uyushtirilgan salyut fojiaga aylanishiga bir bahya qoldi: Eyfel minorasi yaqinida yong‘in chiqqan. Politsiya boshqarmasida ma'lum qilinishicha, Yyen ko‘prigida mahalliy vaqt bilan soat 23:45da nosozlik tufayli pirotexnika ortilgan yuk mashinasi yonib ketgan. Voqea joyiga o‘t o‘chirish mashinalari yetib kelgan.

Ko‘proq yangiliklar: