Nitstsada sodir etilgan teraktdan so‘ng Fransiyada uch kunlik motam e'lon qilindi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Manuel Valsning bayonotiga asoslanib, RIA «Novosti» xabar bergan.
«Respublika prezidenti qurbonlar xotirasiga bag‘ishlab Fransiyada 16, 17 va 18 iyul kunlari milliy motam e'lon qildi. Bugundan barcha davlat tashkilotlarida Fransiya bayrog‘i tushirilsin», — degan vazir.