Fransiya musulmonlari Nitstsadagi teraktni qoralashdi

Jahon 10:01 / 15.07.2016 5152

Fransiya musulmonlari kengashi Bastiliya olinishi munosabati bilan Nitstsada o‘tkazilgan bayram vaqtida sodir etilgan teraktni qoralab chiqishdi. Bu haqda Le Figaro yozmoqda.

«Fransiya yaqindagina yirik terakt bilan yuzma-yuz kelgan edi. Kengash Nitstsa xalqiga hamdardlik bildiradi. Qurbon bo‘lganlarning oila a'zolariga esa chuqur ta'ziya izhor etadi. Jarohat olganlarni tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi», — deyiladi Kengash bayonotida.

Kengash a'zolari juma kuni ado etiladigan ibodatda qurbonlarni yodga olishga chaqirdi.

Ko‘proq yangiliklar: