Fransiya maxsus xizmati avtomobil teraktlaridan ogohlantirgan

Jahon 10:11 / 15.07.2016 6803

Fransiya ichki xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i Patrik Kalvar Nitstsa voqealaridan birmuncha avval, transport vositalari ishtirokidagi yangi qo‘poruvchiliklardan ogohlantirgan, deb yozmoqda Le Figaro gazetasi.

Nashrga ko‘ra, maxsus xizmat rahbari IShID terrorchilari hujum qilish usulini o‘zgartirishiga ishonch bildirgan. 

«Ular, minalashtirilgan avtomobillar va portlovchi qurilmalardan foydalanish bosqichiga o‘tishadi», — degan Kalvar.

Bastiliyaning egallanishi munosabati bilan Nitstsa shahrining Angliya sohilida yuk mashinasi soatiga 60-70 km tezlikda harakatlanib, olomonni bosib ketgan. Shahar ma'muriyati hodisani qo‘poruvchilik deb baholagan. Mazkur fojiada 80dan ortiq inson hayotdan ko‘z yumgan, 100dan ortiq odam jarohatlangan. Yuk mashinasi haydovchisi politsiya tomonidan yo‘q qilingan. 

Ko‘proq yangiliklar: