AQShda birinchi marotaba Samsung savdolar bo‘yicha Apple’dan o‘tib ketdi

Jahon 00:41 / 15.07.2016 6382

AQSh bozorida Samsung Galaxy S7 va S7 edge smartfonlarining bahordagi savdosi iPhone 6s va 6s Plus smartfonlarinikidan o‘tib ketdi.

Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, AQShda Apple smartfonlari savdosi Samsungׄflagman modellaridan o‘tib keta oladigan darajada kuchli bo‘lmagan. Martdan maygacha bo‘lgan davrda butun sotilgan smartfonlarning 16 foizi Galaxy S7 va Galaxy S7 edge’ga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, iPhone 6s va iPhone 6s Plus’ga 14,6 foiz to‘g‘ri keldi. Barcha smartfonlar sotilishi gapiriladigan bo‘lsa, Samsung AQShda bozorning 37 foizini, Apple 29 foizini egalladi.

Tahlilchilarning ma'lum qilishicha, Buyuk Britaniyada AQShdagidek, brendlar o‘rtasida keskin raqobatni ko‘rish mumkin – yil natijasiga ko‘ra birinchi o‘nta eng ommaviy qurilmalar Apple va Samsung tomonidan ishlab chiqarilgan.

Tahlilchilar 1-chorak yakunlariga ko‘ra Apple smartfonlari savdosi pasayganini qayd qilgandilar.

Ko‘proq yangiliklar: