AQSh HDK shtabi rahbari Xitoyga tashrif buyuradi

Jahon 11:57 / 15.07.2016 3083

AQSh harbiy-dengiz kuchlari shtabi rahbari admiral Jon Richardson muzokaralar o‘tkazish maqsadida uch kunlik tashrif bilan Xitoyga yo‘l olmoqda. HDK matbuot xizmatiga ko‘ra, Richardson 17-20-iyul kunlari xitoylik hamkasblari bilan uchrashadi. U xususan, Xitoy xalq ozodlik armiyasi harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni U Shenli bilan ham muloqot olib boradi

“Xitoy poytaxti Pekin shahri va Tsindaoga 3 kunlik tashrifdan ko‘zlangan maqsad – ikki davlat harbiy-dengiz kuchlari o‘rtasidagi o‘zaro tushinishni yaxshilash va professional hamkorlikka turtki berishdan iborat”, deyiladi axborotda. 

Ko‘proq yangiliklar: