Xitoyning Xubey viloyatida suv sathini pasaytirish va toshqindan qochish maqsadida uzunligi 3,7 km lik damba portlatildi. Portlashning videosini CCTV telekanali taqdim qildi.
Portlatishni tashkillashtirish Xitoy xalq qurollangan militsiyasiga topshirildi. Damba Liengzi va Nyushan ko‘llarini bir-biridan ajratib turgan. U kuchli yomg‘irlardan keyin suv satg‘ini pasaytirish uchun yo‘q qilindi.
Ma'lum qilinishicha, dambani portlatish uchun 27 tonna portlovchi modda kerak bo‘lgan. Portlatishdan oldin yaqin atrofdagi hududdan 1,5 mingdan ko‘proq odam evakuatsiya qilingan.