Google Kaliforniyadagi LinkedIn shtab-kvartirasini qo‘lga kiritdi

Iqtisodiyot 12:42 / 14.07.2016 3700

Amerikaning Google kompaniyasi LinkedIn ijtimoiy tarmog‘i bilan yirik ko‘chmas mulk almashinuvi to‘g‘risida kelishib oldi. Kelishuvga ko‘ra, LinkedIn xodimlari Mauntin-Vyudagi (Kaliforniya shtati) shtab-kvartirasidan qo‘shni binoga ko‘chib o‘tadi. Bu haqida Associated Press ma'lum qildi

Manbaga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqning avvalgi shtab-kvartirasini Google kompaniyasi egallaydi, buning evaziga u LinkedIn'ga Mauntin-Vyudagi yer hududiga egalik qilish imkonini beradi. Bu yerda ijtimoiy tarmoq operatorining yangi shtab-kvartirasini qurish rejalashtirilmoqda. Mazkur bitim LinkedIn'ga qo‘shni Sanniveyl shahridagi yer va uylarni ijaraga olish imkonini taqdim etadi. 

Kompaniyalar umumiy maydoni 92,9 ming kvadrat metr bo‘lgan muassasalari va 222,9 ming kvadrat metr maydonga ega yer hududlari bilan almashishdi. 

LinkedIn ijtimoiy tarmog‘i 2003 yilda Kaliforniyada tashkil topgan. Platforma biznes aloqalar o‘rnatish imkonini beradi. Resurs auditoriyasi turli sohalardagi 400 millionga yaqin professionallardan iborat. Kompaniyaning Nyu-York fond birjasidagi kapitallashuvi taxminan 20 milliard dollarni tashkil qiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: