Jorj Bush Dallasdagi dafn marosimi vaqtida raqs tushgani internet foydalanuvchilari g‘azabini keltirdi

Jamiyat 12:15 / 13.07.2016 11104

AQShning sobiq prezidenti Jorj Bush Dallasda halok bo‘lgan politsiyachining dafn marosimiga tashrif buyurib, "Respublika jangovar madhiyasi" ijro etilayotgan vaqtda raqs tushishdan tiyila olmagan. Uning harakati aks etgan video YouTube portalida tarqalgan.

Videoda Bush o‘ng tomonidagi o‘z rafiqasi, chap tomonidagi Mishel Obamaning qo‘lidan tutgan holda kulib oyoqlarini musiqaga monand o‘ynatayotgani ko‘rinadi.

Internet foydalanuvchilari sobiq prezidentning bu harakatidan g‘azablangan holda munosabatlarini bildira boshlashgan.

«Jorj Bushni marosimga kirgizishdan oldin uning qonidagi alkogol miqdorini tekshirish kerak edi», – deb yozadi Brandon nikli tvitter foydalanuvchisi.

«Hamma bir-birining qo‘lini tutgan. Musiqa yangramoqda. Jorj Bush esa raqs tushmoqda. Men esa divanda o‘tirib yig‘layapman», -deydi Katie McMillan.

«Pss. Marhamat qilib menga Bush dafn marosimida nima qilayotganini tushuntirib bersin», - degan Nooruddean.

7 iyul kuni Dallasda politsiya zo‘ravonligiga qarshi norozilik harakatida armiyada xizmat qilgan snayper, qora tanli Mik Xaver Jonson politsiya xodimlariga qarata o‘t ochdi, natijada 4 politsiyachi va temir yo‘l xizmati ofitseri halok bo‘ldi, yana yetti kishi yaralandi. Politsiya uch nafar gumonlanuvchini qo‘lga oldi, to‘rtinchisi esa huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan robot orqali portlatib yuborildi.

Ko‘proq yangiliklar: