Solar Impulse 2: olamshumul sayohatning so‘nggi nuqtasi - Qohira

Jahon 12:51 / 13.07.2016 5166

Quyosh batareyasidan tashkil topgan va dunyo bo‘ylab sayohatga chiqqan Solar Impulse 2 samolyoti 13 iyul tong paytida Qohiraga qo‘ndi. Bu haqda loyiha saytidagi ma'lumotlar xabar bermoqda. Saytda samolyot parvozi to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatilmoqda.

Solar Impulse 2 Qohiraga 11 iyul kuni Sevilyadan qilgan parvozidan so‘ng qo‘ndi. U Misr poytaxtidagi xalqaro aeroportga qo‘nishdan oldin Giza ehromlari tepasida yarim soat vaqt mobaynida ramziy parvoz uyushtirdi. Qohira ushbu olamshumul sayohatning eng so‘nggi nuqtasi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Solar Impulse 2 2015 yil 9 mart kuni Abu-Dabida o‘zining yer yuzi bo‘ylab sayohatini boshlagan edi. U allaqachon Ummon, Hindiston, Myanma, Xitoy, Yaponiya va AQShda bo‘ldi. Uni navbati bilan ikki uchuvchi Andre Borshberg va Bertran Pikar boshqarmoqda.
Solar Impulse 2 2014 yil 2 aprelida rasman namoyish qilingan edi. Uning og‘irligi 2,3 tonna bo‘lib, qanoti 72 metrni tashkil etadi. Havo layneriga 17,2 ming dona quyosh batareyalari o‘rnatilgan. Uning maksimal tezligi soatiga 140 kilometrni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: