Pentagon rahbari Eshton Karter AQSh boshchiligidagi aksilterrorchilik koalitsiyasi davlatlarining yuqori lavozimdagi mansabdor shakslari bilan 20 iyulda uchrashuv o‘tkazadi, deb AQSh mudofaa vazirligiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Merilend shtatidagi Endryus bazasida o‘tadigan uchrashuvda IShID jangarilariga qarshi harbiy kampaniya muhokama qilinadi. Bu uchrashuvga 34 davlat hamda NATO davlatlarining mudofaa vazirlari taklif qilingan.
Avvalroq Karter Bag‘dodga tashrif buyurib, Vashington Iroqqa IShID jangarilariga qarshi kurashish uchun 560 harbiy yubormoqchi ekanligini ma'lum qilgandi.