Turkiya hukumati respublikaga amalga oshiriladigan charter reyslarni qo‘llab-quvvatlash dasturini yil oxirigacha uzaytirishga o‘z roziligini bildirdi, deb xabar qilmoqda Rossiya sayyohlik operatorlari Assotsiatsiyasi.
Ma'lumki, Turkiyaga charter parvozlarini amalga oshirgan xorij kompaniyalar uchun 6 ming dollardan to‘lash dasturi 31-avgustda poyoniga yetishi kerak. Biroq, Rossiyadan sayyohlik oqimi kuchayishi munosabati bilan Turkiya hukumati bu dasturni uzaytirishga qaror qilgan.
Shu bilan, Turkiya RF kompaniyalariga mahalliy dam olish maskanlariga ko‘proq parvozlarni yo‘naltirishlariga turtki berish niyatida. Rasmiy Anqaraning ushbu masala bo‘yicha so‘nggi qarori avgust oyigacha qabul qilinishi kutilmoqda.