Yevropa tadiqot loyihasi NORAH (Noise-Related Annoyance, Cognition, and Health) doirasida nemis olimlari tadqiqot o‘tkazib, odamlar mashinalarning shovqiniga qanchalik ko‘p uchrasalar, ularda yurak xuruji paydo bo‘lishi ehtimoli shunchalik ko‘proq bo‘lishini aniqladilar. Tadqiqot Deutsches Ärzteblatt International portalida chop etildi.
Tadqiqot davomida olimlar Reyn-Mayn hududida yashovchi aholi haqidagi ma'lumotlarni tahlil qilib va ularni avtomobillar, poyezd va aerodromlar yaqinida yashovchilardan ajratib, bunday odamlarning yashash manzili va 2014-2015 yillarda yurak xurujidan o‘lish darajasi o‘rtasida bog‘liqlik borligini aniqladilar. Bunda eng kam xatar samolyotlar shovqinini eshituvchilarda aniqlandi, olimlarning fikricha, buning sababi avtomobil va poyezdlardan farqli, samolyotlar shovqini 65 dB dan ko‘proq darajada saqlanmaydi.
Olimlarning fikricha, aniqlangan natijalar bunday shovqin nafaqat yurak xurujiga moyillikning paydo bo‘lishi sababi hisoblanishi, balki uning rivojlanishiga ta'sir qilishidan darak bermoqda va shuning uchun transport shovqinini bartaraf etish uchun tegishli choralar qabul qilish lozim.