Tesla kompaniyasi o‘lim bilan yakunlangan avtofalokatdan keyin investorlarni aldaganlikka tekshirilmoqda

Fan-texnika 22:22 / 12.07.2016 6169

AQShning qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi (SEC) Tesla aviakompaniyasini investorlarga 600 mln dollarlik aksiyalarini sotish vaqtida o‘lim bilan yakunlangan avtofalokatni aytmay, qonunni buzgan bo‘lishi mumkinligiga tekshirmoqchi, deb xabar bermoqda  The Wall Street Journal.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, SEC kompaniyaning may oyi o‘rtalarida 600 mln dollarlik aksiyalarini sotuvga qo‘yishi bo‘yicha dastlabki tekshiruvni o‘tkazmoqda. 

Ma'lum qilinganidek, may oyi boshida avtopilotda harakatlanayotgan Tesla  elektromobili yo‘l-transport hodisasiga uchrab, oqibatda haydovchi halok bo‘lgan.

Bu avariya haqida iyun oxirida, AQSh yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ushbu holat yuzasidan tergov qo‘zg‘atgandan keyingina ma'lum bo‘ldi, Tesla o‘z aksiyalarini keng jamoatchilikka taklif qilinganda YTH haqida hech narsa ma'lum bo‘lmagan.

Avtofalokat haqida ma'lum qilingandan bir necha kun keyin Tesla aksiyalari 10 foizga arzonlashib ketdi, buning oqibatida esa investorlar zarar ko‘rgan bo‘lishi mumkin.

SEC tergovi hali erta bosqichda turibdi va qandaydir harakatlarga olib kelmasligi ham mumkin.

Iyul boshida avtopilotli Tesla elektromobili yana yirik avariyaga tushgani ma'lum bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: