Tataristonda halol poliklinika ochiladi

Jamiyat 17:12 / 12.07.2016 6268

«Vakf Respubliki Tatarstan» fondi rahbari Rustam Xabibullin Qozonda shariat qonunlari asosida faoliyat ko‘rsatadigan halol poliklinika va sanatoriylar ochilishi to‘g‘risida xabar bergan. Bu haqida Tatariston musulmonlar idorasining saytida ma'lum qilingan

"Hozirda klinika binosi qurilishi uchun ajratilgan hududda tayyorgarlik ishlari ko‘rilmoqda, shuningdek bu yerga qurilish materiallari yetkazilmoqda. Markaz eng zamonaviy texnika va uskunalar bilan ta'minlanadi", - deydi Xabibullin. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur loyiha bahosi 6,7 million dollarni tashkil qiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: