Shu yilning 1-avgust kuni Shveytsariyada mamlakatning yangi madhiyasi - "Qizil fondagi oq xoch" - ilk marotaba ijro etiladi, deb xabar qilmoqda «Nasha gazeta».
Ta'kidlanishicha, yangi madhiya matni Tsyurixning 62-yoshli fuqarosi Verner Vidmerga tegishli. Bir strofadan iborat madhiya fransuz, italyan va retoroman tillariga tarjima qilingan.
Umuman, mamlakatning yangi madhiyasi tanlovi uchun 208 ta turli xil she'rlar qatnashgan. Shundan uchtasi finalga yo‘l olgan. Tanlov g‘olibi 2015 yil 5 iyunda e'lon qilingandi.