Singapur sudi Bangladeshning 4 nafar fuqarosini 2 yildan 4 yilgacha qamoq jazosiga mahkum etdi. Ular, o‘z vatanlarida terroristik harakatlarni amalga oshirish maqsadida mablag‘ yiqqanlikda aybdor deb topilgan, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi.
May oyida Singapur hukumati mamlakatda mehnat qilib kelgan 8 nafar bangladeshlikni hibsga olgani xabar qilingan edi. Ular, vatanlarida qo‘poruvchiliklarni rejalashtirish va Singapurda IShID bo‘linmasini tashkil etishda gumon qilingandi.
Mahkama ma'lumotlariga ko‘ra, ona Vatanlarida qurolli hujum uyushtirish maqsadida qurol-yarog‘lar sotib olganlik va o‘z vatandoshlarini yollaganlikda ayblangan bangladeshlik jinoyatchilar, rejalashtirilgan qo‘poruvchilikni amalga oshirish uchun mablag‘ yig‘ish bandi bo‘yicha ayblariga iqror bo‘lishgan.