Pokistonlik huquq himoyachisi, Nobel mukofoti sovrindori Malala Yusufzoy tavallud ayomini qochqinlar lagerida nishonladi. 12 iyulda Yusufzoy 19 yoshni qarshiladi.
Yusufzoy Keniyadagi Dadaab lageriga qochqinlar bilan bog‘liq global muammoga e'tiborni qaratish maqsadida tashrif buyurdi, bu lager dunyodagi eng yirik qochqinlar lageri hisoblanadi.
Yusufzoy matbuot kotibining aytishicha, 2015 yildan Yusufzoy skayp orqali Dadaabdagi bir guruh qizlar bilan gaplashgan. "Men hech kim tomondan tinglanmagan, har kuni ta'lim uchun kurashuvchi somalilik opa-singillarim nomidan gapirish uchun bu yerdaman", deb aytdi Yusufzoy. Uning aytishicha, u har tug‘ilgan kunida tashrif buyurishga qizlar uchun ta'lim bilan bog‘liq vaziyat murakkab bo‘lgan hududni tanlaydi.
Keniya hukumatining ta'kidlashicha, lager 2017 yilda yopiladi. Hozirda lagerda 300 mingdan ko‘proq odam, asosan somalilik qochqinlar yashaydi. Qochqinlarga vatanlariga qaytarilish xavf solmoqda.