Pokistonlik kelinchak "asal oyi"ni Gretsiyada yolg‘iz o‘tkazdi

Jamiyat 20:22 / 12.07.2016 41887

Yangi turmush qurgan kelinchak Xuma Mobin yolg‘izlikda o‘tgan "asal oyi"dan suratlar yuklab, internet yulduziga aylandi. The Huffington Post xabariga ko‘ra, Mobin Gretsiyaga yolg‘iz o‘zi kelgan. Uning turmush o‘rtog‘i Arsalan Sever Bxatt esa o‘z vaqtida viza ololmay, Pokistonda qolgan.

Dastlab Mobin sayohatga yolg‘iz borishni istamadi, lekin turmush o‘rtog‘i uning fikrini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi, zero sayohat puli oldindan to‘lab qo‘yilgandi. Kelinchak Gretsiyaga Bxattning ota-onasi bilan yo‘l olgan. 

Sayohat davomida olingan suratlarda Mobin xomush ko‘rinishda aks etgan. Bundan tashqari u yonida yo‘q bo‘lsa-da, erini quchayotgandek suratga tushgan.

Juftlik 2015 yilning dekabrida turmush qurgan. Ular ilk "asal oyi"ni Maldiv orollarida birgalikda o‘tkazishgan. Gretsiya sayohati esa Mobin uchun ikkinchi "asal oyi" hisoblanadi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: