Pan Gi Mun Janubiy Sudanga qarshi sanksiyalarni kengaytirishga chaqirdi

Jahon 07:17 / 12.07.2016 3985

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Xavfsizlik kengashini Janubiy Sudanga qurol yetkazib berishga embargo kiritish va sanksiyalarni kengaytirishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bundan tashqari, Pan Gi Mun BMT tinchlikparvar missiyasi faoliyatini kuchaytirish kerakligini aytdi.

"Biz tinch aholini himoya qilish uchun vertolyot va boshqa texnikalarga muhtojmiz", deb aytdi BMT bosh kotibi.

Avvalroq BMT Xavfsizlik kengashi Janubiy Sudan prezidenti va vitse-prezidentidan to‘qnashuvlarga chek qo‘yishni talab qildi. Bundan tashqari, Kengash qo‘shni davlatlarni Janubiy Sudan hukumatiga ko‘mak ko‘rsatishga chaqirdi.

Ko‘proq yangiliklar: