Rossiyalik mashhur sayyoh Fyodor Konyuxov "Morton" havo sharida dunyo bo‘ylab sayohatini boshladi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Havo shari Avstraliyaning Pert shahridan 100 km uzoqlikdagi Nortxem shahridagi aerodromdan havoga ko‘tarildi. Havo shari mahalliy vaqt bilan 07:30 da yerdan ko‘tarildi.
Konyuxovning 35 ming km lik sayohati yo‘nalishi g‘arbdan sharqqa tomon o‘tadi. Sayohatchi Avstraliyani kesib o‘tadi, Yangi Zelandiya, Tinch okeani ustidan uchib o‘tadi, so‘ngra Chili va Argentina yonidan o‘tib, Atlantika okeani, JAR, Hind okeani ustidan o‘tib, yana Avstraliyaga qaytib keladi.
Parvoz 5-10 km balandlikda o‘tib, sayohatning davomiyligi 2 haftaga yaqinni tashkil qilishi taxmin qilinmoqda.
Sayohatchi tunlari havo sharini kerakli balandlikda ushlab turish uchun kamida bitta 250 kg lik propanli ballonni yoqadi. Shu tariqa havo shari har kuni yengilroq bo‘lib boraveradi.
Ushbu sayohat boshlanishi bir necha marta ko‘chirildi. Dastlab u 2 iyulga belgilangandi, keyin 4 iyulga, undan keyin 7 iyulga ko‘chirilgan.