Britaniya bosh vaziri idorasining sichqon ovchisi lavozimida ishlovchi Larri mushugi, sobiq bosh vazir Devid Kemeron oilasi qarorgohni tark etganidan keyin ham o‘z lavozimida qoladi, deb xabar qilmoqda BBS telekanali.
Buyuk Britaniya vazirlar mahkamasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Larri davlat xizmatchisi bo‘lib, Kemeronlar oilasiga qarashli hisoblanmaydi.
2011 yili mushuklar boshpanasidan olingan Larri yangi bosh vazir Tereza Mey davrida ham Dauning-stritda yashashi aytilmoqda.