Ikki futbolchi Forbes jurnalining eng ko‘p daromad oluvchi mashhurlar reytingi o‘ntaligida qayd etildi

Sport 12:26 / 12.07.2016 8582

Amerikaning Forbes jurnali eng ko‘p daromad oluvchi mashhurlar reytingini tuzib chiqdi. Unda Krishtianu Ronaldu beshinchi o‘rinda qayd etildi, Portugaliya terma jamoasi sardori 2015 yilda 88 million dollar ishlab topgan.

Qayd etish kerakki, u 4 yildan buyon bir maromda o‘yin namoyish etib kelmoqda va har mavsumda o‘rtacha 60tadan gol urib kelmoqda.

Yevro-2016 turnirida ham o‘zini ko‘rsatgan futbolchi «Real»dagi faoliyati orqali o‘tgan mavsumda 53 mln dollar daromad ko‘rdi, shuningdek, u boshqa homiylik shartnomalari va CR7 brendi ostida chiqariladigan mahsulotlar orqali qo‘shimcha daromad oldi - 35 million dollar. 

Reytingda Argentina terma jamoasi futbolchisi, «Barselona» a'zosi Lionel Messi sakkizinchi o‘rinda. Uning o‘tgan yilgi daromadi - 81,5 million dollar bo‘lgan. 2018 yilgacha futbolchining jamoadagi yillik daromadi miqdori maosh va qo‘shimcha bonuslar bilan birga kamida 50 million dollarni tashkil qiladi. Unda Samsung va adidas kompaniyalari bilan tuzilgan homiylik shartnomalari mavjud.

Jurnal reytingida birinchi o‘rinni o‘tgan yili 170 million dollar jamg‘argan amerikalik pop-qo‘shiqchi Teylor Svift, ikkinchi o‘rinni 110 million dollar bilan Britaniyaning One Direction guruhi, uchinchi o‘rinni esa 95 million dollar bilan yozuvchi Jyeyms Patterson band etdi.

Shuningdek, basketbolchi Lebron Jyeyms 77 million dollarlik ko‘rsatkich bilan 11, shveysariyalik tennischi Rojyer Federer 68 million dollarlik ko‘rsatkich bilan 16-o‘rinni egallagan.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: