Gubkin nomidagi RDU filiali 325 talabani qabul qiladi

Jamiyat 10:39 / 12.07.2016 5273

Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali 2016/2017 o‘quv yilida 325 nafar talabani qabul qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shu yilning 1 iyulida chiqargan qarorida universitetning yangi o‘quv yili uchun kvotasini tasdiqlagan (RTF).

Ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari:
«Geologik razvedka texnologiyasi» — 50 kishi;
«Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash» — 50;
«Neft qazib olish obektlaridan foydalanish va xizmat ko‘rsatish» — 50;
«Gaz qazib olish, gaz kondensati va yerosti saqlash obektlaridan foydalanish va xizmat ko‘rsatish» — 50;
«Quvur transporti tizimi obektlarini qurish va ta'mirlash» — 50;
«Neft, gaz va qayta ishlangan mahsulotlarni saqlash transportlari va obektlaridan foydalanish va xizmat ko‘rsatish» — 50;
«Korxonalar va tashkilotlar iqtisodiyoti» — 25 kishi.

Toshkent davlat texnika universitetining neft va gaz fakulteti yopilishi munosabati bilan fakultetning bakalavriat ikkinchi va uchinchi kurslari talabalari qo‘shimcha kvota asosida o‘qishni davom ettiradi. 

Qarorda filialda uchta yangi ta'lim yo‘nalishi ochilishi ham belgilangan:

«Neft va gazni qayta ishlash uskunalari»;
«Neft va gaz kon sanoati mashinalari va uskunalari»;
«Tabiiy energiya tashuvchilari va uglerodli materiallar kimyo texnologiyasi».

Ko‘proq yangiliklar: