Geofiziklar Bangladeshning deyarli butun aholisi – 140 mln kishi qurbon bo‘ladigan megazilzila muqarrar yuz berishini prognoz qilmoqdalar. Bunga bag‘ishlangan tadqiqot Nature Geoscience jurnalida chop etildi, u haqda AQShning Kolumbiya universiteti ma'lum qildi.
Olimlar bo‘lg‘usi falokatga Hind-Avstraliya tektonik plitasining Birma plitasi ostiga kirishi sabab bo‘lishini aytishmoqda. Bu esa megazilzilaga olib keladi. Tadqiqotning ko‘rsatishicha. subduktsiya (plitalarning birining ostiga ikkinchisining kirishi) ayni vaqtda nafaqat Hind okeanida, balki qit'ada ham sodir bo‘lmoqda.
Olimlarning hisobicha, yer osti tarangligi oxirgi 400 yil ichida ushlab turilibdi. Bangladeshdagi 26 stansiyadan olingan o‘lchovlar o‘rganilgan hududda plitalar yiliga 5 santimetrdan ko‘proq siljiyotganini ko‘rsatdi.
To‘planib qolgan energiyaning chiqishi 40 ming kvadrat km dan ko‘proq hududda yuz berishi kerak. Falokat hudud geografiyasining keskin o‘zgarishi va 9,0 magnitudali zilzila bilan kechadi, bu yerda esa dunyodagi eng yirik daryo tizimlaridan birining (Gang va uning irmog‘i Braxmaputra) deltasi joylashgan.
Bangladesh va Hindiston sharqi aholisi xavf ostida qoladi, zilzila markazi Bangladesh poytaxti Daqqada bo‘ladi. Bangladeshning iqtisodiy rivojlanmaganligi falokatning boshlanishini prognozlash va aholini himoya qilishni qiyinlashtirmoqda.
2004 yilda Hind-Avstraliya plitasining Birma plitasi ostiga kirishi yer osti zilzilasi va sunami keltirib chiqarib, Hindiston, Indoneziya, Tailand va Shri-Lankada bir necha soat ichida 230 ming kishining halokatiga olib kelgandi. Yangi falokatning sababi ham shu hodisa bo‘ladi, biroq bu holatda u subduktsiyaning suv osti qismiga emas, balki qit'a qismiga ta'sir qiladi.
Ayni vaqtda Bangladeshda 168 mlndan ko‘proq odam yashaydi.