Nyu Yorkning janubiy okrugi federal sudiga Facebook ijtimoiy tarmog‘idan 1 mlrd dollar tovon puli talab qilingan ariza topshirildi. BloombergBusiness axborot xizmatining xabariga ko‘ra, 10 yil muqaddam, Isroil, Iordan daryosining g‘arbiy sohili va Quddusdagi qo‘poruvchiliklarda halok bo‘lgan amerikaliklarning yaqinlari shunday murojaat qilishgan.
Arzchilarning advokatlari ta'kidlashicha, ijtimoiy tarmoq o‘zining ma'lumotlaridan XAMAS tashkiloti foydalanishiga yo‘l qo‘ygan. Falastin guruhi uyushtirgan teraktlar oqibatida 4 nafar amerikalik halok bo‘lgan, yana biri yaralangan edi. XAMAS AQSh, YeI va Isroilda terrorchi tashkilot deb tan olingan.
BloombergBusinessning xabar qilishicha, 2015 yil fevralida Nyu York janubiy okrug federal sudi qabul qilgan hukmga binoan Falastin ma'muriyati qator teraktlarni amalga oshirishda ko‘maklashgan deb topilgan va qurbonlarning yaqinlariga 218,5 mln dollar tovon puli to‘lashi kerakligi uqdirilgan edi.