Eng qudratli Qualcomm protsessoriga ega birinchi smartfon taqdim qilindi

Fan-texnika 18:50 / 12.07.2016 8219

ASUS kompaniyasi chipmeykerlar qatorida eng qudratli hisoblangan Qualcomm Snapdragon 821 protsessorli smartfonini namoyish qilgan birinchi ishlab chiqaruvchi bo‘ldi. 

Qualcomm chipi tufayli telefonlar reytingida yetakchilik qilishga da'vogar qurilma bu yaqindagina taqdim etilgan ZenFone 3 Deluxe flagman smartfonidir. Gadjyetning eng yangi protsessordan tashqari 6 Gb operativ xotirasi, 256 Gb'li UFS-diski, 5,7 dyuymli displeyi, 23 megapikselli orqa va 8 megapikselli old kamerasi bo‘ladi. 

Bundan tashqari smartfon barmoq izlari skaneri, USB-C progressiv porti, 2ta SIM-karta uchun ajratilgan slot, 3000 mAch'li batareya bilan ta'minlangan, u ASUS ZenUI belgisi biriktirilgan Android 6.0'da ishlaydi. Bunday qurilma 24 990 tayvan dollariga (779 AQSh dollari) baholanmoqda. 

 

Ko‘proq yangiliklar: