YeI Ispaniya va Portugaliyaga qarshi sanksiyalar joriy qiladi

Iqtisodiyot 18:43 / 12.07.2016 7015

Yevropa Ittifoqi a'zolarining iqtisod va moliya vazirlari kengashi tomonidan ma'lum qilinishicha, Ispaniya va Portugaliya o‘z byudjyetlaridagi taqchillikni kamaytirish uchun yetarli choralarni qo‘llamagan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatdi.

«Kengash Portugaliya va Ispaniya zarur choralar ko‘rmagan degan fikrga keldi», — deyiladi xabarda.

Bu esa endilikda bu mamlakatlar YaIMining 0,2 foizi miqdoridagi jarimalar qo‘llanishi bo‘yicha jarayon ishga tushirilishiga yo‘l ochadi.

20 kun mobaynida Yevrokomissiya sanksiya borasida o‘z taklifini berishi kerak bo‘ladi. Yon berishlar va hatto jarima miqdori nolga tushirilishi ham mumkin.

O‘z navbatida, Ispaniya va Portugaliya 10 kun ichida jarima miqdorini kamaytirish uchun asoslarni keltirgan holda murojaat qilishi mumkin. Agar bu davlatlar yetarli asoslar keltira olishsa, YeI kengashida yakuniy hukm chiqarish uchun 10 kun bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, Portugaliya byudjyetidagi defitsit 2015 yilda 4,2 foizni tashkil qilgan, 2014 yili bu ko‘rsatkich 7,2 foiz edi. Ispaniya byudjyetidagi 2015 yilgi defitsit 5,1 foizga teng bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: