Dallasda 5 politsiyachining qotilligida gumon qilingan merganni yo‘q qilishda boshqariluvchi robot korpusidagi portlovchi qurilmani harakatga keltirgan shahar politsiyasi boshlig‘i Devid Braun "politsiyachilarning hayotini saqlab qolish uchun istalgan zarur qurilmani" ishlatgan bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi, deb xabar bermoqda NBC News.
"Men buni yana qilgan bo‘lardim", deb aytdi Braun va u bu qarorni qabul qilishida unda "hech qanday ikkilanish" bo‘lmaganini qo‘shimcha qildi.
Braunning aytishicha, u mergan Mika Ksave Jonson bilan ikki soat muzokaralar olib borgandan keyin robotni boshqarganga portlovchi qurilmani ishga tushirish buyrug‘ini bergan.
"Biz bu gumonlanuvchi ekanini bilardik. U necha kishini yo‘q qilganini so‘radi. U bizga yana necha kishini yo‘q qilishni istayotganini aytdi", deb tushuntirmoqda vaziyatni politsiyachi.
Braunning aytishicha, u o‘sha vaqtda necha politsiyachi aniq jarohat olganini bilmasdi, biroq necha nafari halok bo‘lganini bilardi.
Jinoyatchi bilan besamar muzokaralardan keyin ikki kishi portlovchi qurilma o‘rnatilgan robotni uning yoniga yo‘naltirib portlatishi oqibatida mergan halok bo‘lgan.