Fransiyaning «Lion» jamoasi himoyachisi Samyuel Umtiti«Barselona» a'zosiga aylanishi rasman tasdiqlandi.
Kataloniyaliklar klubi ushbu 22 yoshli fransuzning transferi haqida ma'lum qildi. Yevropa chempionatida ishtirokidan keyin futbolchi Ispaniyaga keladi va tibbiy ko‘rikdan o‘tib, 5 yillik shartnomaga imzo chekadi.
Transfer qiymati 25 million yevroni tashkil qilgan. Shartnomada «Barselona» Umtitini 60 million yevro evaziga qo‘yib yuborishi mumkin bo‘lishi keltirilgan.
Futbolchi Kataloniya poytaxtiga 15 iyul kuni kelishi va uning rasmiy taqdimoti o‘tkazilishi belgilangan.
Qayd etish kerakki, Umtiti kataloniyaliklar jamoasi keyingi 8 yil ichida xarid qilingan beshinchi futbolchi bo‘ldi. Bungacha Martin Kaseres (2008), Dmitri Chigrinski (2009), Tomas Vermalen (2014) va Jyeremi Matyo (2014) sotib olingandi.
Manba: Tribuna.uz