«Arsenal» afsonalaridan biri Terri Anri bundan buyon londonliklar klubi yoshlariga murabbiylik qilmaydi.
The Telegraph xabariga ko‘ra, fransuzning bu qarori jamoa bosh murabbiyi Arsen Venger tufayli.
Anri klub rahbariyatiga «Arsenal» U-18 jamoasiga mustaqil holda murabbiylik qilmoqchiligini aytgan.
Bunga o‘z-o‘zidan Vengerq qarshi chiqqan va Anri bir vaqtning o‘zida murabbiy va Sky Sports telekanali eksperti sifatida ishlay olmasligini aytgan.
Anri jamoada tekinga ishlashga tayyorligini bildirgan, ammo bu variantga ham Venger rozi bo‘lmagan.
Shundan so‘ng Britaniya televideniyesining eng yuqori maosh oluvchi eksperti hisoblanuvchi Anri «Arsenal» akademiyasini tark etishga qaror qilgan.
Manba: Tribuna.uz