Amerikalik olimlar smartfonlarni YouTube orqali buzib kirish yo‘lini topishdi

Fan-texnika 11:18 / 12.07.2016 7097

Amerikaning Berkli va Jorjtaun universiteti olimlari mobil qurilmalarni YouTube xostingidagi videoroliklarga kiritilgan yashirin ovozli buyruqlar yordamida buzib kirishning samarali usulini ishlab chiqishdi. Bu haqida ZDNet portali ma'lum qildi

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, qurilmani buzish uchun gadjyetning egasi YouTube kanalidagi roliklarni ko‘rishining o‘zi kifoya. 

Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, buzib kirish "tashqaridan" amalga oshirilishi ham mumkin - YouTube kanalidagi videoroliklarni smartfonga yaqin qurilmalarda (noutbuk, PK, smart-TV) ko‘rilsa, buyruqlar devaysga yo‘naltiriladi va shu yo‘l bilan unga buzib kiriladi. 

Smartfonlarni buzib kirishning bunday usuli xakerlarga mobil qurilmalarga ziyon yetkazadigan dasturiy ta'minot yuborish yoki konfiguratsiya parametrlarini soxtalashtirish imkonini beradi. 

Ko‘proq yangiliklar: