Akademik Ruben Safarov vafot etdi

Jamiyat 10:29 / 12.07.2016 7015

Fan va texnika tarixi sohasidagi taniqli olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Ruben Akopovich Safarov 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.

R. Safarov 1930 yilda Andijon shahrida tug‘ildi. 1953 yili Moskva yuridik institutini tugatdi. 1963 yilda nomzodlik, 1982 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1989 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a'zosi etib saylandi.

O‘zining 60 yildan ortiq mehnat faoliyati davomida R. Safarov Andijon viloyati adliya boshqarmasi revizori, «Andijanskaya pravda» gazetasi muharriri, Davlat matbuot qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, «Pravda Vostoka» gazetasi bosh muharriri lavozimlarida mehnat qildi.

U o‘zining ushbu yo‘nalishdagi bir qancha risola va maqolalari keng jamoatchilikka yaxshi ma'lum.

Akademikning O‘zbekiston ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari munosib taqdirlangan. U «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni, «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan edi.

Ko‘proq yangiliklar: