Hafta oxiriga borib O‘zbekistonning aksar qismida jazirama harorat pasayadi.
Sinoptiklarning xabar berishicha, 14 iyul kuni O‘zbekistonning ko‘p viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘irlar ro‘y beradi va harorat salqinlashadi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Xorazm, Sirdaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston hududida 14-16 iyul kunlari kechki harorat hozirgi +22-27 darajadan +20-25 darajaga tushadi. Kunduzi esa havo harorati +30-35 darajani tashkil etadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida kunduzgi harorat +32-37 daraja bo‘ladi.
Hafta oxiridagi eng yuqori harorat mamlakat janubidagi Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida saqlanib qoladi. Shunga qaramasdan bu hududlarda ham 14 iyul kuni havo bulutli bo‘lib, qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 39-44° bo‘ladi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.