Janubiy Sudandagi janglar davomida 300 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi

Jahon 21:05 / 11.07.2016 6216

Janubiy Sudan poytaxti – Juba shahridagi to‘qnashuvlar natijasida 300 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi. Bu haqda 11 iyulda The Guardian nashri xabar berdi

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, jangga prezident Salve Kiir tarafdorlari va  vitse-prezident Riyeka Masharga sodiq kuchlar kirishgan. Ixtilof ishtirokchilarining aytishicha, o‘tgan yil avgustida ikki tomon o‘rtasida tuzilgan tinchlik sulhi barbod bo‘lish yoqasida turibdi. 

10 iyulda Jubadagi to‘qnashuvlarda 270 dan ko‘proq odam halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. Kiir va Mashar tarafdorlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik 8 iyulda yangi tinchlik sulhini tuzishni rejalashtirgan ikki yetakchining uchrashuvi oldidan yuz berdi Masharning aytishicha, uning qo‘shinlari Kiir kuchlari tomonidan zarbaga uchragan. Mashar hali ham mamlakatda tinchlik o‘rnatilishiga umid qilmoqda. Janglar davomida xitoylik tinchlikparvar askari halok bo‘ldi.

Janubiy Sudan 2011 yilda mustaqillikka erishgan. 2013 yilda mamlakat prezidenti va vitse-prezidenti o‘rtasida ixtilof boshlangan va hozirgacha davom etmoqda. Kiir o‘shanda davlat to‘ntarishi bartaraf etilganini aytgan va bunda Masharni ayblagan.

Mashar aprelda mamlakatning birinchi vitse-prezidenti lavozimiga qaytgandi. Bu 8 oy avval erishilgan tinchlik kelishuvi shartlariga ko‘ra amalga oshirilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: