Janubiy Koreya respublikasi tashqi ishlar vaziri Yun Byon Sening bayonotiga ko‘ra, Amerikaning raketa hujumiga qarshi THAAD mudofaa tizimi uchinchi mamlakatlarga qarshi qaratilmaydi, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, raketalarni urib tushirish tizimi Rossiya va Xitoyga tahdid solmaydi. Qayd etilishicha, yuqoritexnologiyali THAAD tizimini joylashtirish, faqatgina KXDR yadro salohiyatini kuchaytirishiga qarshi o‘zini-o‘zi mudofaa qudratini oshirish maqsadida Koreya respublikasi tomonidan amalga oshiriladi.
Byon Sening qo‘shimcha qilishicha, endilikda rasmiy Seul RQM tizimlarini joylashtirish huquqi uchun kurashadi.
Avvalroq, Janubiy Koreya THAAD RQM tizimini 2017 yil oxirigacha ishga tushirishini e'lon qilgan edi. O‘z navbatida, Shimoliy Koreya hukumati, RQM tizimining Janubda joylashtirilishiga qaarshi amaliy chora ko‘rishini bildirgan edi.