30 iyun kuni O‘zbekiston hukumatining tegishli qarori (pdf) bilan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi huzuridagi ixtisoslashtirilgan montaj qilish va foydalanish boshqarmasi (IMQFB) xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni takomillashtirish to‘g‘risidagi taklif tasdiqlandi.
Hujjatda keltirilishicha, bu qaror Toshkent shahrida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlovchi svetofor obektlari, yo‘l belgilari o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatish hamda yo‘l chiziqlari o‘tkazish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilindi.
Hujjatda 1 iyuldan boshlab IMQFBning maxsus yoki harbiy unvonlarga ega bo‘lmagan xodimlari mehnatiga haq to‘lash tarif setkasi amalga kiritildi. Unga ko‘ra, xodimlarning lavozim maoshlariga 20 foizgacha miqdorda har oylik shaxsiy ustama joriy etiladi.