Devid Kemeron 13 iyul kuni o‘z lavozimini tark etadi

Jahon 23:07 / 11.07.2016 6472

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron 13 iyul kechki payt o‘z lavozimidan iste'foga ketishini aytdi.

Kemeron, shuningdek, u ketganidan keyin ichki ishlar vaziri Tereza Mey Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘lishini aytdi. 

"U kuchli, kompetentli, u Britaniyaga yaqin yillarda kerak bo‘ladigan yetakchi bo‘lishga qodir va u mening to‘liq qo‘llab-quvvatlovimni oladi", deb aytdi Kemeron.

Kemeronning aytishicha, u 13 iyulda iste'foga ketish haqidagi arizasini imzolaydi va kechga yaqin o‘z xonasini tark etadi.

Avvalroq Buyuk Britaniya energetika vaziri o‘rinbosari Andrea Lidsom bosh vazir lavozimi uchun kurashdan chiqishini aytgandi. Bu qaror natijasida Tereza Mey bosh vazir lavozimiga yagona nomzod bo‘lib qoldi.

Buyuk Britaniyada Yevropa Ittifoqida a'zolik qilish bo‘yicha o‘tkazilgan referendumdan keyin Kemeron 2016 yil kuzigacha iste'foga ketishini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: