Xonanda Teylor Svift Forbes jurnali talqiniga ko‘ra, 2016 yilda eng katta haq oluvchi yulduzlar reytingiga yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, xonanda o‘tgan bir yil ichida 170 mln dollar ishlab topdi.
Bu borada 2-o‘rinni 110 mln dollar ishlab topgan One Direction guruhi egallamoqda.
6-o‘rinni aktyor va hajvchi Kevin Xart (87,5 mln dollar), 7-o‘rinni boshlovchi Govard Stern (85 mln dollar) egalladi.
Xonandalar Adel 9-o‘rinni (80,5 mln dollar), Madonna 12-o‘rinni (76,5 mln dollar), Rianna 13-o‘rinni (75 mln dollar), Keti Perri esa 63-o‘rinni (41 mln dollar) egalladilar.
Eng katta haq oluvchi juftlik deb xonanda Beyonse va rep ijrochi Jay Z juftligi topildi, ular bir yil ichida 107,5 mln dollar ishlab topishdi.