Rossiyaning 6-avloddagi harbiy samolyotlari elektr magnit pushkasi bilan qurollanadi

Jahon 19:53 / 11.07.2016 10552

Rossiyada yaratilayotgan 6-avloddagi harbiy samolyot elektr magnit pushkasi olishi mumkin, deb aytdi TASSga bergan intervyuda Radioelektron texnologiyalar konserni bosh direktori birinchi o‘rinbosari Vladimir Mixeyev.

Mixeyevning aytishicha, radioelektron nishonga urishning yanada rivojlanishi elektron-komponent bazasining bevosita barbod qilinishi va raqibning asbob-uskunalarining to‘liq ishdan chiqishiga olib keladi.

Mixeyevning tushuntirishicha, bunday elektr magnit impuls uchun energiyani har bir zamonaviy samolyot ishlab chiqarishi mumkin, chunki u o‘zidan "o‘nlab kilovatt elektr energiya ishlab chiqaruvchi uchar elektrostansiyani" aks ettiradi.

Bu energiyadan olingan va maxsus antennalar yordamida kuchaytirilgan o‘ta yuqori chastotali nurlanish (mikroto‘lqinli nurlanish) yuzlab megavatt va hattoki gigavatt quvvatga ega bo‘lishi mumkin.

"Mos ravishda, biz bu energiyani yo‘naltirgan va tashlagan joydagi istalgan jismni qizdirishimiz mumkin, u yerda quvvat juda yuqori bo‘ladi", deb aytdi Mixeyev.  

Uning aytishicha, bugunning o‘zidayoq mikroto‘lqinli qurolning ba'zi namunalari va muayyan ishlanmalari o‘nlab kilometrlarga ta'sir qiladi.

Mixeyevning ta'kidlashicha, 6-avlod harbiy samolyoti o‘zidan uchuvchili va uchuvchisiz variantlarda bajarilgan kombinatsiyalangan uchar qurilmani aks ettiradi.

Ko‘proq yangiliklar: