Qozog‘iston Milliy banki (markaziy banki) asosiy foiz stavkasini 15 foizdan 13 foizga tushirishga qaror qildi. Bunda, +/- 1 foizlik yo‘lak saqlab qolinadi, deb xabar qilinmoqda Bank matbuot bayonnomasida.
«Mamlakatdagi inflyatsiya darajasi Milliy bank bashoratlariga to‘liq mos keladi, mavjud sharoitlar saqlansa, pulning qadrsizlanishi kam yuz beradi. Bu esa, yil oxirida 6-8 foizlik inflyatsiya darajasini ta'minlash bo‘yicha maqsadga erishish imkonini beradi», — deyiladi xabarda.
Markaziy bank xabarida ta'kidlanishicha, «asosiy foiz stavkasini pasaytirish qarori, inflyatsiya darajasi 2017 yil oxirigacha ayni ko‘rsatkich atrofida bo‘lishiga ishonchni isbotlaydi».