Istanbul aeroporti teraktiga aloqadorlikda gumon qilinib yana 7 kishi qo‘lga olindi

Jahon 16:08 / 11.07.2016 3956

Turkiya sudi, Istanbul shahri xalqaro aeroportida amalga oshirilgan qo‘poruvchiliklarda gumon qilinayotgan yana 7 kishining hibsga olinishiga ruxsat berdi, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi.

Gumondorlar politsiya tomonidan o‘tkazilgan maxsus amaliyotlar chog‘ida qo‘lga olingan. Ularga, "qurollangan terrorchi guruhga a'zo bo‘lish" va "qotillikka yordam berish" ayblari ilgari surilgan. DHA agentligi manbalarining ma'lumotlariga ko‘ra, ularning barchasi xorijlik bo‘lib, fuqaroliklariga tergov jarayoni yakunlanmagani bois, oydinlik kiritilmagan. 

28-iyun kuni Istanbulning Ataturk aeroportida sodir etilgan portlashlarda 44 kishi halok bo‘lgan, 240ga yaqin odam yaralangan edi. 


 

Ko‘proq yangiliklar: