Xitoy Taypeyida o‘tayotgan xalqaro musobaqada o‘zbekistonlik polvonlar sakkiz medalni qo‘lga kiritdi

Sport 15:59 / 11.07.2016 3150

Erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi  bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar  terma jamoasi  a'zolari  Xitoy  Taypeyining Taychjun shahrida  o‘tkazilgan  Osiyo chempionatida 1 oltin, 2 kumush va 5 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Erkin kurash bo‘yicha vazni 46 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi bellashuvlarda qatnashgan Rustambek Jo‘rayev qit'ada tengsiz ekanini isbotladi. Iqtidorli sportchimiz tailandlik Rattanmanun Ratanativat, eronlik Amirhusayin Hodi Hodabakshiparijan, KXDRlik Hyonsong Xann va qozog‘istonlik Nurimbet Atabekuli ustidan g‘alaba qozondi. Vazni 42 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Islom Ilhomov uchinchi o‘rinni egalladi.

Yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘z vazn toifasida finalgacha kechgan bellashuvlarda g‘alaba qozongan Elbek Ergashev va Muhammadqodir Yusupov kumush medal bilan taqdirlandi.

Ixtiyor Botirov, Muhammadali Obidjonov va Parviz Mo‘minov bronza medalni qo‘lga kiritdi. Xotin-qizlar kurashi bo‘yicha Hadicha Najimova uchinchi o‘rinni egalladi.

Ko‘proq yangiliklar: