Buyuk Britaniya Amerikaning Apache AH-64E rusumli harbiy vertolyotlaridan 50 dona xarid qilishi uchun 2,3 milliard funt sterling mablag‘ sarflaydi, deb xabar qilgan Birlashgan qirollik mudofaa vaziri Maykl Fellon.
Bundan avvalroq, Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Boeing korporatsiyasidan 9ta kemalarga qarshi patrul samolyotini xarid qilinishi va ular uchun Shotlandiyada baza tashkil etilishini e'lon qilgandi.
Mazkur xarid shartnomasi Farnboro xalqaro aviatsiya ko‘rgazmasi doirasida imzolangan. Britaniya mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, Britaniya armiyasi ajoyib vertolyotlarga ega bo‘ladi hamda mamlakatdagi soliq to‘lovchilarning pullari havoga sovurilmaydi. Bu kabi bitimlar, Britaniya qurolli kuchlari harbiy qudratini oshirish dasturi ijrosi sifatida amalga oshirilmoqda.
Uning fikricha, uzoq istiqbolda Britaniyada ushbu vertolyotlarni ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish markazlari ochilishiga umid qilsa bo‘ladi.
Britaniya uchun birinchi yangi Apachelar 2020 yil boshida yig‘ila boshlanadi 2022 yildan jangovar navbatga turadi.
Teglar: Farnboro aviako‘rgazmasi, Apache AH-64E, Boeing, Britaniya, AQSh