Afg‘oniston rahbari NATO qarorini olqishladi

Jahon 17:58 / 11.07.2016 5532

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘aniy, NATOning afg‘on armiyasini moliyaviy jihatdan hozirgi hajmda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qilgan qarorini olqishlab, uni "yutuq" deb atadi. Bu haqda Frans Press agentligi xabar qilmoqda. 

NATOning Varshava sammitida ishtirok etgan tashkilot bosh kotibi Yyens Stoltenberg, alyans mamlakatlari Afg‘onistonda harbiy bo‘linmalarini saqlab qolish barobarida 2020 yilgacha Afg‘oniston armiyasiga moliyaviy ko‘mak berish majburiyatini olgani haqida bayonot bergan edi. Bu raqam yiliga 5 mlrd AQSh dollarini tashkil etishi kerak. 

"Afg‘oniston delegatsiyasi Varshavadan muvaffaqiyat qozonib qaytishdi. Men bu yutuq bilan fuqarolarimizni tabriklayman", — degan Ashraf G‘aniy Kobulda. 

"Biz rejamizdagi narsaga erishdik, biz buning uchun jahon hamjamiyatidan minnatdormiz", — deb qo‘shimcha qilgan Afg‘on rahbari. 
 

Ko‘proq yangiliklar: