Avstraliya bosh vaziri lavozimiga qayta saylandi

Jahon 11:06 / 10.07.2016 3542

Avstraliya bosh vaziri Malkolm Tyornbull parlament saylovlarida hukumatdagi Liberal-milliy koalitsiya (LMK) g‘alaba qozongani haqida e'lon qildi. Bu haqda Frans Press agentligi xabar tarqatdi.

"Bugun ertalab leyboristlar yetakchisi Bill Shorten menga qo‘ng‘iroq qildi va meni mamlakat bosh vazirligiga qayta saylanganim bilan tabrikladi. Biz saylovda g‘olib chiqdik", — degan Tyornbull Sindeyda jurnalistlarga.

Avstraliyada parlament saylovlari 2 iyul kuni o‘tkazilgandi. Ayni vaqtga kelib, ovozlarning 79,6 foizi hisoblab chiqilgan. Unga ko‘ra, LMK parlamentdagi 74 o‘ringa, leyboristlar esa — 66 o‘ringa ega bo‘lgan. Hozircha liberallar yangi hukumat shakllantirish uchun yetarli o‘ringa ega bo‘lgani haqida aniq ma'lum qilinmagan.

Ko‘proq yangiliklar: