Manba: BMT va NATO afg‘on kuchlariga 2020 yilgacha har yili 1 mlrd dollardan ajratadi

Jahon 00:14 / 09.07.2016 3861

BMT va NATO jamg‘arlari orqali Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarini moliyalashtirishning umumiy hajmi kamida 2020 yilgacha joriy darajada, ya'ni har yili 1 mlrd dollar atrofida qo‘llab-quvvatlanadi.  Bu haqda NATOdagi manba jurnalistlarga ma'lum qildi.

"Xalqaro hamjamiyat Afg‘oniston xavfsizlik milliy kuchlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqchi. 8 iyuldagi uchrashuvda NATO ittifoqdoshlari va hamkorlari vositalar 2020 yil oxirigacha ajratilishini tasdiqlaydilar", deb aytdi manba. 

Manbaning ta'kidlashicha, avvalroq BMT va NATOning ikkita trast fondiga bu maqsadlarda har yili 1 mlrd dollar kelib tushadi.  "Kelajakka maqsad – moliyalashni u yoki bu darjada davom ettirishdir", deb qo‘shimcha qildi manba. 

AQSh har yili Afg‘oniston xavfsizlik kuchlariga bevosita 3,5 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ ajratadi. Afg‘oniston o‘z tomonidan iqtisodiy vaziyat yaxshilanib borishi bilan xavfsizlik kuchlarini moliyalashdagi ulushini hozirgi 500 mln dollardan ko‘proqqa oshirib boradi.

Ko‘proq yangiliklar: