Metan zapravkada 10 mlrd so‘mdan ortiq gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Jamiyat 10:40 / 18.11.2024 3616

“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, O‘zbekiston tumanida joylashgan “O.M.P.” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida kompleks o‘lchov quvuriga o‘rnatilgan toraytirish moslamasi teskari qo‘yilgan. 

Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta’minoti korxonasiga 10 mlrd 498 mln so‘mlik (4,03 mln metr kub tabiiy gaz) zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Ko‘proq yangiliklar: