Facebook messenjerida Telegram'dagi kabi "maxfiy chatlar" paydo bo‘ladi

Fan-texnika 00:07 / 09.07.2016 3828

Facebook messenjerida (end-to-end) shifrlash orqali "maxfiy chatlar" sinovdan o‘tmoqda, deb xabar beriladi kompaniya saytida. 

Yend-to-end-shifrlashli chatlar ular boshlangan qurilmaga "bog‘langan" bo‘ladi. Ya'ni, smartfonda amalga oshirilgan yozishuv kompyuterdagi veb-versiyada ochilmaydi.  

Open Whisper Systems'ning Signal protokoli bo‘yicha shafrlashi faqat "maxfiy chatlar"dagina ishlaydi. Qolgan yozishuvlar esa faqat https. protokoli bilan himoyalangan bo‘ladi.

"Maxfiy chatlar"ning huddi shunday ishlash prinsipi Telegram messenjerida ham yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, Facebook'ga tegishli WhatsApp messenjerida end-to-end shifrlash 2016 yilning aprelida ishga tushirilgan va o‘zgarishlarsiz ishlab kelmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: