"Barselona" himoyachi Marlonni ijaraga olganini e'lon qildi

Sport 07:03 / 09.07.2016 4183

Braziliyalik himoyachi Marlon faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi. Katalon klubi "Fluminense"da to‘p suruvchi 20 yoshli futbolchini bir yilga ijaraga olishga kelisha oldi.

Futbolchi klubda tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va Xerard Lopes boshchiligidagi "Barselona B"da mavsumoldi tayyorgarlikni boshlaydi.

Marlon "Fluminense" tarbiyalanuvchisi hisoblanib, klub safida 70 ga yaqin uchrashuv o‘tkazgan.

Ko‘proq yangiliklar: